Londonning «Arsenal» jamoasi «Pari Sen-Jermen»ning qanot o'yinchisi Bredli Barkol uchun kurashga qo'shildi.
23 yoshli futbolchi uchun raqobatni «Liverpul» davom ettirmoqda, ular fransuz bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarni boshlashdi. Shunga qaramay, The Touchline The Sun manbalariga tayanib xabar berishicha, «kanonirlar» o'yinchi uchun Merseysayd jamoasiga raqobat ko'rsatishga tayyor.
Bredli Barkolning qiymati, Transfermarkt portaliga ko'ra, 90 million evro deb baholanmoqda. Agar mish-mishlarga ishonilsa, «PSJ» buni ancha ko'p, ya'ni taxminan 150 million evro deb talab qilmoqda. Bunday talabni hech bir potentsial xaridor qondira olmasligi aniq.
