Markaziy himoyachi «Tottenhem» Mikki van de Ven yangi shartnomani imzolashga tayyor.
«Shporlar» gollandiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishganini, ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar qildi. 25 yoshli futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi va maoshi oshiriladi.
Mikki van de Venning amaldagi shartnomasi 2029 yilda tugaydi. U «Tottenhem» safida 2023 yildan beri o'ynaydi – u o'shanda nemis «Volfburg» klubidan 50 million evro evaziga sotib olingan. Markaziy himoyachining joriy transfer qiymati mashhur Transfermarkt portali tomonidan 50 million evro deb baholanmoqda.
