Madriddagi «Atletiko» markaziy himoyachi «Tottenhem»dan Krestian Romero uchun yangi rasmiy taklif tayyorlamoqda. Ushbu ma'lumotni mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etdi. «Matrasniklar» 28 yoshli argentinlik uchun kurashda mutlaq favoritga aylandi – ular milanlik «Inter»ni ortda qoldirdi. «Nerazzurri» o'z futbolchilaridan birini sotish zaruriyati sababli kelishuvni to'xtatishga majbur bo'ldi.

O'z navbatida, Krestian Romero «Atletiko»ga o'tishga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq «shporlar» sardori Ispaniyaning La Ligasi da o'z kuchini sinab ko'rishni xohlaganini bir necha bor tan olgan edi. Futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi – 50 million evro.