Liverpool jamoasining yarim himoyachisi Florian Virts o‘zining hozirgi o‘yini oldingidek yorqin bo‘lmasligining sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

U 22 yoshda bo‘lib, Bayer jamoasidan 125 million yevroga transfer qilingan. Hozirda ko‘plab mutaxassislar nemis futbolchisidan kutgan natijalar olinmayotganini ta’kidlamoqda.

Virtsning aytishicha, u hozir to‘pni tezroq uzatishga harakat qilmoqda, bu esa Bundesligadagi o‘yin uslubidan farq qiladi. U murabbiy bilan suhbatda bu holat bosim ostida o‘ynash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Shuningdek, u ko‘p yugurishini va har doim o‘zini 100 foizga bag‘ishlashga intilishini aytib o‘tgan. Shu sababli, to‘pni olganida biroz charchagan bo‘lishi mumkin.

Virts vaqt o‘tishi bilan ko‘proq o‘yin o‘tkazib, jismoniy holatini yaxshilashi natijasida aniqroq harakat qilish imkoniga ega bo‘lishini ta’kidladi. Hozirgi kunda u Liverpool safida yetti o‘yinda bir marta samarali uzatma amalga oshirgan.