Londondagi «Arsenal» yarim himoyachisi Krestian Norgor «Everton»ning yangi o'yinchisi sifatida taqdim etildi.
«Iriskiy» 32 yoshli futbolchining transferini o'z rasmiy saytida tasdiqladi. Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, transfer narxi 7 million funt sterling (deyarli 8,2 million evro) bo'lgan. Daniyalik futbolchining Liverpul klubidagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Krestian Norgor «Arsenal»da faqat bir mavsum o'tkazdi – u o'tgan yilning iyulida «Brentford»dan sotib olingan edi. «Kanonirlar» safida u jami 20ta o'yin o'tkazib, 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
