Belgiya «Bryugge» qanot o'yinchisi Karlos Forbes joriy mavsum tugagach, jamoasini tark etishi ehtimoli juda yuqori. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli hujumchiga uchta Angliya Premer-ligasi vakili qiziqmoqda: «Tottenhem», «Arsenal» va «Manchester Yunayted». Shuningdek, portugaliyalik o'yinchiga «Roma» va «Fiorentina» ham qiziqmoqda.

Biroq, Forbesning yanvar oyida ketishi ehtimoli past, chunki «Bryugge» o'yinchisini mavsum o'rtasida yo'qotishni xohlamaydi. Forbes uchun jiddiy kurash yoz oylarida boshlanishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda qanot o'yinchisi barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazdi, besh marta gol urdi va sakkiz marta hamkasblariga assistentlik qildi. Transfermarkt mutaxassislari Forbesni 23 million evroga baholamoqda.