«Barselona» himoyachisi Ronald Arauhoning kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. U hozirda «Liverpul»da ijarada o'ynayapti.
Diario SPORT ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» Arauho kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilishda shoshilmayapti. Klub, o'yinchini 55 million evro evaziga sotib olish imkoniyatidan foydalanishdan oldin mavsum oxirigacha kutmoqchi. Shuni ta'kidlash joizki, «Liverpul» Arauho o'yinidan mamnun, lekin klub shoshilishni xohlamaydi.
Hozirgi mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazdi, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
