Turinning Yuventus himoyachisi Andrea Kambiyaso Angliya Premer-ligasidagi katta klubga o'tish imkoniyatiga ega. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, Manchester Yunayted vakillari italiyalik futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.
Oldinroq, Kambiyasoning transferiga Barselona ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
26 yoshli qanot himoyachisi 2022 yil yozidan beri «qadimgi sinyora» safida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyida tugaydi. Himoyachining bozor narxi 15 million evro deb baholanmoqda.
