Madridning «Atletiko» himoyachisi Matteo Rudjeri «Aston Villa»ga o'tishga yaqin.
Marca ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniya va Angliya klublari transfer bo'yicha kelishuvga erishgan. Bitim summasi 18 million evroni tashkil etadi, yana 6 million bonus sifatida berilishi rejalashtirilgan. O'tishni yakunlash uchun futbolchining o'z roziligini olish qolgan.
Ma'lum qilinishicha, 23 yoshli italiyalik «Atletiko» bilan Janubiy Koreyaga oldindan tayyorgarlik sayohatiga uchmadi, chunki kelajagi bo'yicha qaror kutmoqda. Avvalroq himoyachiga «Yuventus» va «Roma» ham qiziqish bildirgan edi.
Rudjeri 2025 yildan buyon madridlik jamoada o'ynaydi. U klub uchun 47 ta o'yin o'tkazdi va yetti golli uzatmalar bilan ajralib turdi.
