«Aston Villa»ning yarim himoyachisi Bubakar Kamara bir nechta klubning e'tiborida.
Fussballnews xabariga ko'ra, 26 yoshli fransuzga «Chelsi» va milanlik «Inter» qiziqmoqda. Shuningdek, saudiya «Al-Hilal» klubi ham yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, manba «Aston Villa» o'z futbolchisini qo'yib yubormoqchi emasligini ta'kidlaydi. Hozircha uning atrofida hech qanday rasmiy muzokaralar olib borilmagan.
Joriy mavsumda Kamara barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta assist qayd etdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 50 million evro.
