Matbuotda Viniyus Juniorning kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'lishda davom etmoqda. Cadena SER xabariga ko'ra, «Real» klub belgilagan qizil chiziqni buzishga niyati yo'q. Braziliyalik futbolchiga berilgan oxirgi taklif – yiliga 22 million evro, bonuslar hisobiga bu summa 24 million evrogacha oshishi mumkin. Bu «Real» uchun maksimal taklif – Vini uchun yanada foydaliroq takliflar bo'lmaydi.
Ammo «Arsenal» Viniyusning yiliga 30 million evro talabini qondirishga tayyor. «Kanonirlar» braziliyalik futbolchini 100 million evro va 20 million evro bonuslar bilan sotib olishga tayyor.
Biz 26 yoshli Viniyusning kelajagi haqidagi yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
