Saudiya Arabistonining «Al-Hilal» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Djek Gri'lish uchun raqobatga qo'shildi va ingliz futbolchisiga moliyaviy jihatdan foydali taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Goal portali jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 30 yoshli futbolchiga yillik 20-23 million evro maosh taklif etmoqchi.

Saudiya klubining asosiy raqibi Madridning «Atletiko» klubi bo'lib qolmoqda. Madridliklar «Manchester Siti» futbolchining narxini pasaytirmasa yoki ijaraga berish shartlariga rozi bo'lmasa, faol harakatlar qilmasligini ta'kidlamoqda.

«Al-Hilal» va «Atletiko»dan tashqari, Gri'lishga MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda. O'tgan mavsumda futbolchi «Everton»da o'ynab, 22 o'yinda 2 gol urdi va 6 golli uzatma berdi. Gri'lishning bozor qiymati 20 million evroga teng.