«Arsenal» moliyaviy jihatdan Viniyus Juniorni transfer qilish bo'yicha «Real»ga taklifni oshirish imkoniyatiga ega. Biroq, haqiqiy muzokaralar faqat braziliyalik hujumchi rozilik berganda boshlanadi.
El Desmarque'ga ko'ra, «Arsenal» Viniyus bo'yicha muzokaralarda 150 million evrogacha borishga tayyor. Hujumchiga «kanonirlar» tomonidan taklif qilinadigan maosh esa – yiliga 30 million evro. Viniyus aynan shuncha maoshni «Real»dan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarda so'raganligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Kelajakdagi vaziyat 26 yoshli Viniyusga bog'liq ekanligi aniq.
