Yarim himoyachi «Liverpool» Dominik Soboslai o'zining maydondagi afzal rolini aytib o'tdi.
O'tgan mavsumda «qizil»larning sobiq murabbiyi Arne Slot vengarni ko'p turli pozitsiyalarda o'ynatgan edi. Yozda esa, gollandiyalikning o'rniga Andoni Iroala keldi.
«O'tgan mavsumda ko'plab pozitsiyalarda o'ynash imkoniyatim bo'ldi. Men yarim himoyada o'ynashni afzal ko'raman, lekin agar murabbiy menga o'ng himoyachi sifatida o'ynashni so'rasa, men o'ng himoyachi bo'laman», – deya keltiradi Anything Liverpool 25 yoshli yarim himoyachining so'zlarini.
Shanba kuni Merseysayd jamoasi «Lids»ga do'stlik uchrashuvida (2:4) mag'lub bo'ldi. Soboslai asosiy tarkibda maydonga tushdi va 68-daqiqagacha o'ynadi.
