Yarim himoyachi «Nyukasl» Bruno Gimaraes Londondagi «Arsenal»ga o'tishga tayyorlanmoqda.

Braziliyalik futbolchi «qirqchilar»ning Ispaniyada o'tkaziladigan oldindan tayyorgarlik yig'iniga boradi – lekin faqat rasmiy transfer arizasi berish uchun, deydi The Touchline, Goalga tayanib. 28 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Mattias Yaysslega o'tish haqida suhbatlashmoqchi.

Ehtimol, avgust oxirigacha Bruno Gimaraes «Arsenal» safiga qo'shiladi, u bilan shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishilgan. Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun transfer narxi 80 million evrodan oshishi mumkin.