«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso klubda ishlashga qaror qilgani haqida ma'lumot berdi.

«Ko'klar» ispan mutaxassisni bahorning oxirida tayinlagan. U Londondagi klub bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

«Men kelganimda, vaziyat o‘tgan mavsum oxirida ko‘ringandek yomon emas edi. Takomillashish uchun katta imkoniyatlar mavjud – bu jarayon qancha davom etishini ko‘ramiz.

Albatta, hamma narsa yurakdan boshlanishi kerak. Men hozirda klub va o'zim uchun to'g'ri vaqt ekanligini his qildim. Bu ishdan zavq olishim mumkinligini sezdim», – deydi Alonso BBCga bergan intervyusida.

Avvalroq, murabbiy Realni boshqarayotgan edi, u yanvar oyida, tayinlanganidan atigi yetti oy o'tgach, ishdan bo'shatilgan.