«Tottenhem» «Galatasaray»ning hujumchisi Viktor Osiymxeni sotib olishga urindi, ammo rad javobini oldi.
Goal.com ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub 27 yoshli nigeriyalik uchun 60 million evro taklif qilgan, lekin «Galatasaray» rahbariyati bu taklifni rad etdi. Shuningdek, Osiymxenning turk klubidagi kelajagi hali ham noaniq. Ma'lum qilinishicha, hujumchi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin jamoani tark etishi mumkin.
Osiymxenning turk klubi bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, nigeriyalikning bozor qiymati 75 million evroga baholanmoqda.
