Matbuot Viniysiusi Junyorni «Arsenal» bilan bog'lashda davom etmoqda. Goal portali The Athleticga tayanib xabar berishicha, Londondagi klub braziliyalik futbolchini transfer qilish uchun katta taklif tayyorlagan – 135 million evro va yana 10 million evro bonus sifatida.
«Arsenal»ga o'tish Viniysiusi uchun qiziqarli, «Real» esa qiyin vaziyatda qolmoqda, chunki hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
Iyul oyida Viniysiusi Junyor 26 yoshga to'ldi. «Real» safida braziliyalik 375 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 128 gol urdi va 100 golli uzatmalar amalga oshirdi.
