«Chelsi» jamoasi «Rayo Valekano»ning chap qanot himoyachisi Pepa Chavarriani qo'lga kiritish ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Madrid klubi 28 yoshli futbolchi uchun «ko'klar»ning birinchi taklifini rad etdi, ammo «ko'klar» taslim bo'lmadi: jurnalist Sebastyan Vidaldan olingan ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar yaxshilangan taklif bilan qaytishdi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Transfermarkt portalining mutaxassislari Pepa Chavarriani 10 million evro deb baholamoqda. O'tgan mavsumda ispan qanot himoyachisi «Rayo Valekano» uchun barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
