Londonning Arsenal jamoasi murabbiyi Mikel Arteta jamoaning «Jirona»ga qarshi o'yinidagi (4:1) chiqishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Kanonirlar» g'alabani Kay Havertz, Xristos Tsolis, Maxs Douman va Gabriel Jezusning gollari bilan qo'lga kiritdilar.

«Men juda mamnunman. Biz sinab ko'rmoqchi bo'lgan ko'p narsalar ajoyib tarzda amalga oshirildi. Albatta, jamoa optimal shaklga kelishi uchun hali ko'p ish qilishimiz kerak, lekin menimcha, biz to'g'ri yo'lda harakat qilmoqdamiz», - deydi Arteta «Arsenal»ning rasmiy saytida.

5-avgust kuni Angliya chempionlari keyingi tayyorgarlik o'yinini o'tkazadilar – raqib «Betis» bo'ladi.