«Marsel»ning qanot o'yinchisi Igor Payshao «Lids»ning qiziqish doirasiga tushdi. Jurnalist Santi Auna ma'lumotlariga ko'ra, APL klubi braziliyalik futbolchini potentsial transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritgan.

Ma'lum bo'lishicha, «Marsel» rahbariyati futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Biroq, Payshao «Lids»ning qisqa ro'yxatida uchinchi o'rinda turadi.

Fransuz klubining prezidenti Frenk Makort futbolchi uchun kamida 50 million evro olishni rejalashtirmoqda. O'z navbatida, «Lids» hozircha 30 dan 35 million evrogacha bo'lgan summani ko'rib chiqmoqda. Angliya klubi yaqin kelajakda aniq muzokaralarga o'tadimi, bu hali noma'lum. Payshao bilan «Marsel» o'rtasidagi shartnoma yana 4 mavsumga mo'ljallangan.

«Lids»ning braziliyalik futbolchiga qiziqishi yangi emas. O'tgan yozda ingliz klubi futbolchi uchun 30 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor edi, ammo o'shanda «Marsel» raqibni ortda qoldirib, «Feyenoord» bilan 30 million evrodan bonuslarsiz transfer bo'yicha kelishuvga erishdi.

O'tgan mavsumda Payshao Frantsiya chempionatida 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Bundan tashqari, uning hisobida Chempionlar ligasida 4 gol va 1 golli uzatma mavjud.