Manchester City jamoasining hujumchisi Erling Holann Madridning Real klubiga o‘tishni xohlamoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda jurnalist Jorj Pikon ma’lumot berdi. Manbaga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar atrofidagilar ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Holanning shartnomasida bekor qilish opsiyasi mavjud, biroq unda qancha summa ko‘rsatilgani noma’lum. Holanning transferiga Vinisiusning sotilishi yordam berishi mumkin, ammo braziliyalik futbolchi jamoada qolsa ham, Erlingning o‘tishi ehtimoli saqlanib qoladi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Holann barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va bitta samarali uzatma amalga oshirdi. Uning Manchester City bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt mutaxassislariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 180 million yevroga teng. Holanning Realga o‘tishi futbol olamida katta yangilik bo‘lib, uning kelajagi katta e’tibor bilan kuzatilmoqda.