«Chelsi» o'zining rasmiy saytida yangi transfer haqida ma'lum qildi. «Brayton»dan 35 yoshli hujumchi Danni Uelbek Londonga ko'chib o'tdi. Uelbek klub bilan 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadigan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Danni Uelbek butun faoliyatini Angliyada o'tkazdi. U «Manchester Yunayted», «Preston», «Sanderlend», «Arsenal», «Uotford» va «Brayton»da o'ynagan. Endi Uelbek «Chelsi»ga yordam berishga harakat qiladi.
O'tgan mavsum APL Dani Uelbek uchun eng yaxshi mavsum bo'ldi – u 37 o'yinda 13 gol urdi.
Shuni ta'kidlaymizki, 2026/2027 yilgi mavsumda «Chelsi» evrokuboklarda ishtirok etmaydi.
