Yarim himoyachi Bruno Gimaraes «Nyukasl»dan «Arsenal»ga o'tishga yaqin. Bu haqda taniqli jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda yozgan. U transfer summasi 80 million evro bo'lishini ta'kidlagan.
Bundan oldin matbuotda 100 million evro atrofida katta summalar haqida gapirilgan edi. Ehtimol, «Nyukasl» va «Arsenal» o'rtasidagi kelishuvda bonuslar ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. Yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
28 yoshli Bruno Gimaraes «Nyukasl»da 195 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 31 gol va 32 assist qayd etdi. Matbuotda Gimaraesning «Arsenal»ga o'tishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
