«Chelsi» hujumchi Joao Pedro bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

The Athletic xabariga ko‘ra, klub rahbariyati 24 yoshli braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Hozirgi shartnomasi esa 2033 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Markaziy hujumchi 2025 yil iyul oyida «Brayton»dan «Chelsi»ga o‘tgan. O‘shandan beri u «ko‘klar» safida 53 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 23 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va to‘qqizta assist berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 80 million evroga baholanmoqda.

Bundan tashqari, braziliyalik futbolchi avval «Uotford» va «Fluminense» klublarida ham o‘ynagan. U Braziliya milliy terma jamoasi safida sakkizta o‘yinda qatnashgan.