Hujumchi Viniysiush Junyor yaqin kelajakda «Real»dan ketishi va Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin. HandofArsenal ma'lumotlariga ko'ra, «Arsenal» Viniysiush bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha asosiy kelishuvga erishdi.

Shuningdek, Viniysiushning agentligi «Real» bilan «Arsenal»dan kelgan katta taklifni muhokama qiladi.

Avvalroq, matbuotda Viniysiushning «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarda muammolar borligi haqida ko'p yozilgan edi. Tomonlar moliyaviy shartlar bo'yicha turli pozitsiyalarda.

26 yoshli Viniysiush Junyor Transfermarkt tomonidan 140 million evroga baholangan.