«Bornmut» va Braziliya terma jamoasining futbolchisi Ryan evropaning yirik klublarining e'tiborini tortdi.
19 yoshli yulduzning muvaffaqiyatlarini «Liverpul» va «Arsenal» kuzatmoqda, shuningdek, Madridning «Real», «Bavariya» va «PSJ» ham bu o'yinchini diqqat bilan tomosha qilmoqda, deb xabar beradi Transfer News Live «The Sun Football»ga tayanib. «Vishni» sotishga shoshilmayapti va vinger uchun taxminan 100 million evro talab qilmoqda.
Ryanning Transfermarkt portalidagi narxi 60 million evro. U «Bornmut» safiga joriy yilning yanvarida «Vasko da Gama»dan o‘tib kelgan. Braziliyalik futbolchi Premier-ligada 15 o‘yinda beshta gol urdi va ikki assist berdi.
