Milanning Inter klubi markaziy himoyachi Tottenhemdan Kristian Romero bilan shartnoma imzolash jarayonida.

Klublar argentinalik futbolchini transfer qilish shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdilar: ESPN Argentina xabariga ko'ra, «neradzurri» 28 yoshli futbolchi uchun «shporalar»ga taxminan 40 million evro to'laydi. O'z navbatida, futbolchi hozircha transferga oxirgi roziligini bermagan, ammo, mish-mishlarga ko'ra, maoshini kamaytirishga tayyor, shunda bitim amalga oshishi mumkin.

Kristian Romero 2021 yildan beri Londondagi jamoa safida barcha musobaqalarda 156 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va yetti ta golli uzatma qayd etdi.