«Chelsi» jazoga tortildi. Sky Sports xabariga ko‘ra, Londondagi klub Angliya Futbol Assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra 10 million funt (11,7 million evro) miqdorida jarimaga tortildi va ikki transfer oynasi davomida shartli transfer taqiqlanishi belgilandi.

«Chelsi»ga berilgan jazoning sababi, klubning sobiq egasi Rossiyalik Roman Abramovich davrida agentlarga yashirin to‘lovlar amalga oshirilganligi bilan bog‘liq. Futbol Assotsiatsiyasi «Chelsi»ni 74 ta qoidabuzarlikda aybladi, bu ma'lumotlar esa klubni sotib olgan yangi egalari tomonidan taqdim etilgan.

«Chelsi» 2026/2027 yilgi mavsumda evrokuboklarda qatnasha olmaydi. O‘tgan mavsumda jamoa Angliya chempionatida o‘ninchi o‘rinni egalladi.