«Benfika» himoyachisi Antoniu Silva «Bournemouth» futbolchisi bo'lishi kutilmoqda. Bunga Footmercato xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klublar 22 yoshli futbolchini 25 million evro evaziga transfer qilishga kelishib oldilar. Yana 5 million bonus sifatida ajratiladi. Tez orada Portugaliya terma jamoasining o'yinchisi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Silva «Benfika»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Lissabon klubi bilan shartnomasi bir yil ichida tugaydi. Himoyachining Portugaliya terma jamoasi safida 22 ta o'yini bor.

O'tgan mavsumda Silva klub darajasida 41 ta o'yin o'tkazdi, 1 ta gol urdi, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 8 ta ogohlantirish oldi.