Asosiy murabbiy «Chelsi» Xabi Alonso yangi markaziy himoyachi Maksans Lakrua haqida o'z fikrlarini bildirdi.
26 yoshli futbolchi rasmiy ravishda «siniylar» safiga payshanba kuni «Kristal Pelas»dan o'tib qo'shildi.
«Men Maksansni Bundesligada o'ynagan paytlaridan bilaman. U Premyer-ligada juda yaxshi moslashdi. U ishonchli, bizning himoyamizga kuch berishga qodir. Shuningdek, uning kuchli xarakteri bor, u liderlik qobiliyatlariga ega. Bu qisqa va uzoq muddatli kelajakda ajoyib transfer», – deya Xabi Alonsoning fikrlarini rasmiy «Chelsi» saytida keltirmoqda.
Maksans Lakruaning transfer narxi 60 million evrodan oshiq deb baholanmoqda.
