Londondagi «Arsenal» Braziliya terma jamoasi va «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimarayesni qo'lga kiritishga harakat qilmoqda.

Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berganidek, «kanonirlar» «sorok»dan 90 million evro miqdoridagi taklifga javob kutmoqda. Londondagi klub «Nyukasl» bilan kelishuvga erishishiga va kelgusi kunlarda bitimni rasmiylashtirishiga ishonmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi «qora-oq»lar safida 2022 yil yanvaridan beri o'ynaydi. Futbolchining bozor qiymati 70 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyining oxirida tugaydi.