Angliya terma jamoasi hujumchisi Dani Uelbek jamoaga qayta chaqirilishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Asosiy murabbiy Tomas Tuxel 34 yoshli futbolchining natijalarini diqqat bilan kuzatmoqda va noyabr oyidagi yig‘inga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu oyda Uelbek 35 yoshga to‘ladi.
Dani Uelbek oxirgi marta Angliya terma jamoasi safida 2018 yil sentyabr oyida maydonga tushgan. Hozirgi mavsumda u "Brayton" jamoasi uchun Premyer liga doirasida o‘ynab, 9 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.
U ushbu klub sharafini besh yildan buyon himoya qilmoqda. Uelbekning tajribasi va o‘yindagi samaradorligi murabbiylar tomonidan yuqori baholanmoqda.
Shuning uchun u terma jamoaga qaytishi ehtimoli katta. Futbolchi jamoaga qo‘shilib, o‘zining yuqori darajadagi o‘yinini namoyish etishi kutilmoqda.