«Manchester Siti» «Marsel» bilan darvozabon Xeronimo Rulya transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

«Shaharchilar»ning argentinalik darvozabonga qiziqishi haqida so'nggi kunlarda xabar berilgan edi. Jurnalist Santi Auna ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi «Marsel»ga 34 yoshli darvozabon uchun 2 million evro taklif qilgan. «Provanstaliklar» esa jahon chempioni bo'lgan futbolchini 3,5 million evroga sotishni maqsad qilgan. Muzokaralar davom etmoqda.

Xeronimo Rulyaning «Marsel» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. Manchester Siti»da tajribali darvozabon, Janluiji Donnarummaning zaxira o'yinchisi sifatida Jeyms Trafordni almashtirishi mumkin. Eslatib o'tamiz, ingliz futbolchisi «Lids»ga o'tishga yaqin.