Angliyaning «Bornmut» jamoasi qanot o'yinchisi Ryan hozirgi transfer oynasida «Pari Sen-Jermen»ga o'tishi ehtimoli past.
Parijliklar 19 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan deb hisoblangan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Fransuz klubi mutaxassisi Benjamen Kuaresning xabar berishicha, fransuz gigant kelajagi porloq Braziliyalik o'yinchini qo'shib olmaydi – klub o'yinchiga qiziqish mavjudligini inkor etmoqda.
Ryan o'zining Braziliya terma jamoasi safida o'tgan jahon chempionatida to'rtta o'yinda qatnashib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, yosh «vishen» yulduzining narxi 60 million evroga baholanmoqda.
