«Nyukasl»ning bosh murabbiyi Eddi Xau o‘z lavozimidan ketishga yaqin. Bu haqda taniqli jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan.

Insayderning ma'lum qilishicha, murabbiy o‘rnini almashtirish qarori allaqachon qabul qilingan. «Sorokilar» Xau o‘rniga yangi murabbiy izlamoqda. 48 yoshli mutaxassis ingliz jamoasini 2021 yil noyabridan beri boshqarib kelmoqda.

«Nyukasl» o'tgan mavsum Premier-ligada muvaffaqiyatsiz o‘ynadi. Xau boshchiligidagi jamoa 49 ball to‘plab, turnir jadvalida faqat 12-o‘rinni egalladi.

8 avgustda «sorokilar» uchun nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan. Angliya klubi ispan «Valensiya»siga qarshi o‘ynaydi.