«Liverpul» jamoasi chorshanba kuni muxlislarini yana ranjitdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Arne Slot boshchiligidagi jamoa Ligalar kubogining 1/8 final bosqichida o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketdi. Shu tariqa, so‘nggi yetti o‘yinda barcha turnirlarda «qizillar» olti marta yutqazishdi.

Goal portali BBC va bir nechta jurnalistlarga tayanib xabar berishicha, «Liverpul» jamoasi Arne Slot bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Yaqin kelajakda niderlandiyalik murabbiy ishdan bo‘shatilishi ehtimoli yo‘q.

Klub rahbariyati Slotga to‘liq ishonch bildirgan va uning jamoaning holatini yaxshilashiga ishonadi. «Liverpul»ning navbatdagi o‘yini 1 noyabr kuni o‘z maydonida «Aston Villa»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.