«Lille» yarim himoyachisi Ayub Buaddi «Manchester Siti»ga o'tishga yaqin turibdi.
«Shaharchilar» 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldilar – bitim 2031 yilgacha mo'ljallangan. Insider Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, klublar o'rtasida kelishuv ham yaqin orada amalga oshadi. Avvalroq marokashlik mohirning transferi ingliz gigantiga 80 million evrodan oshishi haqida xabar berilgan edi.
Ayub Buaddi «Lille»ning asosiy jamoasida 96 ta o'yin o'tkazib, to'rt assist qayd etdi. O'tgan Jahon chempionatida yarim himoyachi Marokash terma jamoasi safida beshta o'yinda ishtirok etdi va har birida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
