«Marsel» darvozaboni Xeronimo Ruli «Manchester Siti» safiga qo'shilishi mumkin.

«Shaharchilar» Jeyms Traffordni «Lids»ga sotishga yaqin. Insider Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, yangi rezerv darvozabon sifatida Janluijji Donnarummaga Rulini birinchi o'rinda ko'rishmoqda. O'z navbatida, argentinalik futbolchi Enzo Mareska jamoasiga o'tishni xohlaydi. «Marsel» ingliz gigantining 34 yoshli darvozabonni o'z safiga qo'shib olish niyati haqida xabardor.

Xeronimo Rulining bozor qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 6 million evro deb baholangan, uning «provensalchilar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.