«Manchester Siti» APLning Angliya futbol ligasi (EFL) bilan yangi moliyaviy kelishuvi bo'yicha 1 milliard 740 million yevro atrofida bo'lgan tashabbusiga qarshi chiqdi. Bu haqda Guardian xabar bermoqda.
APL klublari taklifni payshanba kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishda muhokama qilishadi. Liga uni mavsum boshlanishidan oldin ovoz berishga olib chiqmoqchi.
Asosiy munozara masalalaridan biri transferlardan olinadigan yig'imni 4% dan 6% ga oshirishdir. Katta klublar buni qo'shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkin deb hisoblamoqda. Shuningdek, APL chiqib ketgan klublarga to'lovlarni kamaytirishni va boshqa jamoalarga teleko'rsatish va tijorat kelishuvlaridan kelgan mablag'larni qayta taqsimlashni rejalashtirmoqda.
Agar kelishuv ma'qullansa, EFL birinchi to'lovni allaqachon bu mavsumda oladi. Mablag'larni taqsimlash 80% ni Championship klublariga, 12% ni Liga 1 ga va 8% ni Liga 2 ga berishni nazarda tutadi.
