Yarim himoyachi «Borndmut» Tayler Adams bu yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
talkSPORT ma'lumotlariga ko'ra, amerikalik futbolchini sotib olishda «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Adams «qizil iblislar»ning o'rtasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. «MYU» futbolchini transfer qilish uchun 35 million funt sterling taklif qilishga tayyor, ammo «Borndmut» o'z yarim himoyachisini bunday narxga sotishga rozi bo'lmasligi aniq.
Tayler Adams 2023 yilda «Borndmut»ga «Lids»dan 26 million evro evaziga o'tdi. Uning «vishnilar» bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi klub darajasida barcha musobaqalarda 26 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
