35 yoshli ingliz qanot o'yinchisi Danni Uelbek Londondagi «Chelsi»da o'z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Jurnalistning ma'lum qilishicha, «pensiya yoshidagi» o'yinchi bilan «Brayton» o'rtasidagi kelishuv yakunlangan. Uelbekning poytaxt klubi bilan tuzgan shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan. Yaqin kunlarda u tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'tgan Angliya Premyer Ligasi mavsumida Danni 37 uchrashuvda ishtirok etdi. U 13 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'tgan mavsumda APLda «Chelsi» faqatgina o'ninchi o'rinda tugatdi.