Birmingemning «Aston Villa» jamoasi va Argentina milliy terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesning Turinning «Yuventus» jamoasiga o'tishi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar to'xtatildi. Bunga ingliz tomonining yuqori moliyaviy talablar sabab bo'lgan.
O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasi doirasida 33 yoshli argentinalik darvozabon «Aston Villa» uchun 32 uchrashuv o'tkazdi. Martines 39 gol o'z darvozasiga kiritdi va sakkiz uchrashuvda darvozasi daxlsiz qoldi.
