«Brentford» Mamadu Sangare, «Lans» yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga yaqin. L'Équipe ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi muzokaralarda ilg'or bosqichga o'tgan va transfer summasi taxminan 48 million evro bo'lishi mumkin.

Agar bitim amalga oshsa, 24 yoshli malili futbolchi «Lans» tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi. Hozirgi rekord 2023-yil yozida «RB Leypsig»ga 40 million evro evaziga o'tgan Loi Opendaga tegishli.

Sangare o'tgan mavsumning eng muhim kashfiyotlaridan biri bo'lib, 33 o'yinda 3 gol va 4 assist bilan ajralib turdi. «Lans» uni o'tgan yozda venyali «Rapid»dan 5 million evroga sotib olgan edi.

Hozircha tomonlar o'rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan. Futbolchiga shuningdek, «Kristal Pelas» ham qiziqmoqda va raqibning taklifini oshirishga harakat qilishi mumkin.