Real hujumchisi Vinisius Junior bu yozda Madrid klubini tark etmaydi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «oq-sariqlar» rahbariyati braziliyalik futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda. Klub va futbolchining vakillari o'rtasida navbatdagi uchrashuv ushbu haftada bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Oldinroq Vinisiusga «Arsenal»ning qiziqishi haqida xabar berilgan edi, ammo Realning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchini saqlab qolishga umid qilmoqda va uni jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri deb hisoblaydi.
Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha davom etadi.




