Qozog'iston terma jamoasining hujumchisi Dastan Satpaev «Chelsi»dagi debyutida gol urdi. Avstraliyadan kelgan «Vester Sidi Uonderers»ga qarshi o'yin Moskva vaqti bilan 12:45da boshlandi.
O'yinning oltinchi daqiqasida Satpaev raqiblaridan ajralib qolgan uzatmani oldi. U markazdan yugurib, jarima maydoniga kirdi va o'ng tomondagi «to'qqizga» zarba berdi. 40-daqiqada esa Satpaev «Chelsi»ning ikkinchi golida ishtirok etdi.
Satpaev 17 yoshda. «Chelsi»ga o'tishidan oldin u o'z vatanida «Qayrat»da o'ynagan.
Birinchi bo'lim natijasi 2:2, voqealar rivoatini matnli translyatsiya orqali LiveResult portalida kuzatishingiz mumkin.




