Inglizning «Bornmut» jamoasining hujumchisi Eli Juniyor Krupti Kataloniyaning «Barselona» klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Sport.es sahifalarida xabar berilgan.
Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-qizil» jamoaning vakillari fransuz hujumchisi agentlari bilan bog'lanishgan. Tomonlar 20 yoshli futbolchining potentsial transferi tafsilotlarini muhokama qilishgan.
«Barselona» Kruptini Madridning «Atletiko» jamoasida o'ynayotgan argentinalik Julian Alvaresga alternativa sifatida ko'rmoqda.
O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida hujumchi «Bornmut» jamoasida 33 uchrashuvda ishtirok etgan. Fransuz 13 ta gol urgan, shulardan ikkitasi 11 metrlik belgi bilan.




