Madriddagi «Real»ning yulduz qanot o'yinchisi Viniyus Junyor bu yozda londondagi «Arsenal»ning transfer maqsadidir.
Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko'ra, «qirollik» klubi braziliyalik o'yinchiga hamkorlikni davom ettirish taklifini berdi. Ingliz tomoni esa Viniyusning transferi bo'yicha birinchi rasmiy taklifni tayyorlamoqda.
26 yoshli o'yinchi o'tgan mavsumda La Ligada 36 uchrashuv o'tkazib, 16 gol urdi va beshta golli uzatma berdi.
Junyorning «Real» bilan shartnomasi kelasi yilda tugaydi. Uning bozor qiymati – 140 million evro.




