«Barselona» Manchester Siti yarimhimoyachisi Rodriga qiziqish bildirmoqda va o'yinchining transferi bo'yicha ma'lumot so'ragan. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Oriol Domenekga tayanib xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, katalon klub 30 yoshli o'yinchini asosiy yarimhimoyachi pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Qiziqish sabablaridan biri Frenki de Yongning jarohati deb aytilmoqda.
Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. Hozircha tomonlar kelishuvni uzaytirish bo'yicha kelishmovchilikda. Bu vaziyatdan bir necha yuqori darajadagi klublar, jumladan, Madridning «Real» klubi foydalanmoqchi.




