Yaqin kunlarda «Manchester Siti» himoyachi Yoshko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirgani haqida e'lon qilishi kutilmoqda. Jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda eksklyuziv suratni namoyish etdi – unda Gvardiol samolyotda agenti bilan o'tirgan.
Ma'lum qilinishicha, 24 yoshli Gvardiol «Manchester Siti» bilan 2030/2031 mavsumi oxirigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan. Plettenberg shartnoma jiddiy maosh oshirishni nazarda tutishini ta'kidlaydi.
Yoshko Gvardiol «Manchester Siti» tarkibiga 2023 yil yozida qo'shilgan. O'shandan beri xorvat 122 o'yin o'tkazib, 13 gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.




